KRAN MEXAZMLARINING ELEKTR YURITMALARI
Keywords:
Kran, mexanizm, yuritma, elektr jihoz, mexanik, elektrodvigatel, chastota, tezlik, elektr, ekspulatatsiya, elektr yuritma, kran balkalar, moment.Abstract
Hozirgi kunda ishlab chiqarishni tubdan yangilash natijasida ko‘p sanoat korxonalarda og‘ir mexnatlarni bajarish va yuklarni ko‘tarish uchun turli konstruksiyali kranlardan foydalanilmoqda. Kranlar – yuk ko‘taruvchi uskuna bo‘lib vertikal va gorizontal yo‘nalishda yuklarni nisbatan kichik masofalarga eltib beradi. Takidlab o‘tish joizki, mashinasozlik va shunga o‘xshash turdosh korxonalarda ko‘prikli kranlar keng qo‘llanilib, ular yordamida og‘ir yuklarni, mashinalarning turli qismlari sexlar bo‘ylab bo‘ylama va ko‘ndalang ravishda tashiladi.Ko‘prikli kranlarning tuzilishi mazkur ob’ektning xususiyati va texnologiyasiga bog‘liq bo‘ladi. Ammo lekin, kranning ko‘tarish xamda aravacha mexanizmlari odatda turli kranlar uchun bir xil tuzilishda bo‘ladi.