OOO “AKSA ENERJI TASHKENT” KORXONASIDAGI NASOS QURILMASIDA ISSIQLIK JARAYONLARINI HISOBGA OLGAN XOLDA ENERGIYA SAMARADORLIGINI OSHIRISH REJIMLARINI ISHLAB CHIQISH
Keywords:
energiya samaradorligi, nasos qurilmasi, issiqlik jarayonlari, energiya yo‘qotishlari, chastotali boshqaruv (VFD), issiqlik izolyatsiyasi, energiya balansi, ishlash rejimini optimallashtirish, chiqindi issiqlikdan foydalanish, sanoat barqarorligi.Abstract
Mazkur ishda OOO “Aksa Enerji Tashkent'” korxonasidagi nasos qurilmasining energiya samaradorligini oshirish masalasi issiqlik jarayonlarini hisobga olgan holda o‘rganildi. Nasos uskunalarining mavjud ishlash rejimlari, issiqlik ajralishi, energiya yo‘qotishlari va umumiy termodinamik samaradorligi tahlil qilindi. Issiqlik jarayonlari va nasosdagi energiya balansining hisob-kitoblari asosida samarali ishlash sharoitlarini yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi. Jumladan, chastotali boshqaruv, issiqlik izolyatsiyasi, qayta ishlatiladigan issiqlik oqimlaridan foydalanish, hamda optimal yuklama rejimlari asosida energiya tejovchi texnologik yechimlar taklif etildi. Tadqiqot natijalari asosida nasos uskunasining ish unumdorligi oshirilishi, energiya iste'molining kamaytirilishi va ekspluatatsiya xarajatlarining qisqarishi ko‘zda tutilmoqda. Ish natijalari sanoat korxonalarida energiyani tejash va ekologik barqarorlikni ta'minlashda amaliy ahamiyatga ega.