INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDA EPISTEMIK VA DEONTIK MODALLIKNING LINGVISTIK XUSUSIYATLARI
Keywords:
epistemik modallik, deontik modallik, modal fe'llar, qiyosiy tilshunoslik, ingliz tili, o'zbek tili.Abstract
Ushbu maqolada ingliz va o'zbek tillarida epistemik va deontik modallikning lingvistik xususiyatlari qiyosiy tahlil qilingan. Tadqiqotda Palmer (2001) ning modallik klassifikatsiyasi nazariy asos sifatida qo'llangan. Epistemik modallik so'zlovchining gapning haqiqatiga nisbatan ishonch darajasini ifodalasa, deontik modallik majburiyat, ruxsat va taqiq kabi tushunchalarni aks ettiradi. Tahlil natijalariga ko'ra, ingliz tilida modallik asosan modal fe'llar orqali ifodalanadi, o'zbek tilida esa modallik fe'l qo'shimchalari, yordamchi so'zlar va kontekstual vositalar orqali namoyon bo'ladi. Tadqiqot natijalari akademik yozuv ta'limi va tarjima amaliyotida qo'llanilishi mumkin.






