KORXONA AXBOROT TIZIMLARINI BOSHQARISHDA AXBOROT XAVFSIZLIGI PARAMETRLARINING USTIVORLIGI
Abstract
Rivojlanishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan har qanday korxona yoki tashkilotning bugungi kundagi asosiy maqsadi, axborotlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlashdan tortib, axborotlardan foydalanishgacha bo‘lgan tizim ishining ketma-ketligini belgilash eng muhim masala sanaladi. Bu o‘rinda gap, korxonada hal etiluvchi masalalarni turlarga ajratish, axborotlarni olish, qayta ishlash va foydalanish davriyligini belgilash, keladigan va chiqadigan hujjatlarni standartlash, axborotlarni qayta ishlash tartibini standartlash hamda korxona axborot tizimlarini boshqarish jarayonlarida korxona maxfiy sirlarini ham xavfsizlik parametlari asosida muntazam himoyalab borishni ko‘zda tutadi.